15 Fevral 2023 Yil 751

Transport vositasini olib qochish holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Joriy yilning 12 fevral kuni Yunusobod tumani IIO FMBga 40 yoshli Baxodir T. murojaat qilib, savdo markazi yonida qarovsiz qoldirilgan “Vaz-2107” rusumli avtomashinasini noma'lum shaxs olib qochib ketganligini ma'lum qilgan. Fuqaro avtomashina eshiklarini qulflamay, kalitini ham o‘zida qoldirganligi sababli, shu yerdan o‘tib ketayotgan 23 yoshli Muhammadqodir Ya. ochiq qolgan avtomashinaga o‘tirib, uni noma'lum tomonga haydab ketgan. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida, avtomashina olib qochgan shaxs Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi (Transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Hurmatli poytaxtimiz aholisi va mehmonlari! Ochiq holda qarovsiz qoldirilgan avtomobil' g‘arazgo‘ylar uchun jalb qiluvchi omil hisoblanadi. Transport vositangizdan bir necha daqiqaga uzoqlashishni rejalashtirganingizda ham uni kalit bilan qulflab keting.

Barcha yangiliklar

Text to speech