17 Fevral 2023 Yil 2110

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ichki ishlar organlariga ko‘ngillilar (volontyor)ni taklif qiladi

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi poytaxtimizda joylashgan turizm namoyishi obyektlariga tashrif buyuruvchi xorijiy va mahalliy sayyohlar xavfsizligini taʼminlashda jamoatchi yordamchi sifatida ko‘ngillilar (volontyor)ni hamkorlikka taklif qiladi.

Bundan Siz, Bosh boshqarma Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlariga turizm namoyishi obyektlari va infratuzilmasi hududlarida sayyohlar xavfsizligi va jamoat tartibini taʼminlashda ko‘maklashasiz.

Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi faoliyatiga jamoatchi yordamchi sifatida –
— o‘n sakkiz yoshdan qirq besh yoshgacha bo‘lganlar;
— sog‘ligining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha belgilangan vazifalarni bajarishga qodir;
— muqaddam sudlanmagan;
— ichki ishlar organlarining profilaktik hisobida turmagan;
— xorijiy, ustuvor ravishda ingliz va rus tillarini biladigan;
— yashash va o‘qish joyi bo‘yicha ijobiy tavsiflangan ko‘ngillilar jalb qilinadi.

Murojaat uchun telefon +99899-010-92-42, +998919131449

Toshkent shahar IIBB

Barcha yangiliklar

Text to speech