14 Fevral 2023 Yil 496

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida tashkil etilgan ishchi guruh faoliyati

Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga asosan, Toshkent shahrida yoqilg‘i energiya resurslarini ishlab chiqarishni oshirish, ulardan oqilona foydalanishni nazorat qilish, noqonuniy foydalanishni oldini olish hamda muqobil energetikani rivojlantirish borasida chora-tadbirlar belgilab olindi.

Mazkur tadbirlar poytaxt IIBB rahbarlari, Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi, Toshshahargaztaʼminot korxonasi va boshqa mutasaddi tashkilotlarning malakali xodimlardan iborat ishchi guruh tuzildi. Ishchi guruh faoliyati Toshkent shahar IIBBning tezkor shtabi tomonidan nazorat qilinib, berilgan ko‘rsatmalarning ijrosi taʼminlanib kelinmoqda.

Toshkent shahar IIBB boshlig‘i general-mayor Aziz Tashpulatov rahbarligidagi ishchi guruhning navbatdagi manzili Yakkasaroy tumanidagi kichik sanoat zonasida joylashgan korxona va tashkilotlar bo‘ldi.

Kichik sanoat zonasi boshqaruv direksiyasi va korxona, tashkilot rahbarlari ishtirokida quyosh elektr panellari va tejamkor gaz qozonlarini o‘rnatish orqali energiya tejamkorligini oshirish mumkinligi muhokama qilindi.

Barcha yangiliklar

Text to speech