31 Mart 2023 Yil 641

Sergeli tumani “Sug‘diyona” mahallasida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi

Ijtimoiy-iqtisodiy hayotda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatiga mos ravishda xalq bilan muloqot qilish, fuqarolarni o‘ylantirayotgan masala va muammolarga yechim topish maqsadida Toshkent shahar IIBB boshlig‘i, general-mayor A.Tashpulatov Sergeli tumani aholisi bilan sayyor qabul o‘tkazdi.
Ushbu tadbirda shahar hokimligi vakillari, bosh boshqarmaning tarmoq xizmatlari rahbarlari, tuman hokimi va hokim yordamchilari ishtirok etdi.
Qabulda navbatma-navbat fuqarolarning 55 dan ortiq muammolari, talab, istak va fikrlari tinglandi. Murojaatlarning aksariyati uy-joy, moddiy yordam, davolanish, subsidiyalar ajratish, kredit to‘lovlari, bandlik masalalari bilan bog‘liqligi ma’lum bo’ldi.
Murojaatlarning yarmidan ko‘pi joyida hal etildi. Bir qator murojaatlar bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqish muddatlari belgilandi, shuningdek 12 nafar murojaatchiga huquqiy maslahatlar berildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech