15 Fevral 2023 Yil 1742

Shayxontohur tumanida piyoda bilan bog'liq sodir boʼlgan YTH haqida maʼlumot

2023 yilning 14 fevral kuni taxminan soat 16:00 larda Beltepa mahallasi 32-B uy qarshisida, haydovchi 1968 yilda tugʼilgan U.S. Captiva rusumli davlat raqam belgisi 01 T 977 GB boʼlgan avtomashinasida orqaga harakatlanayotib, voyaga yetmagan 2021 yilda tug'ilgan M.U.ni urib yuborgan. Yoʼl-transport hodisasi natijasida M.U. olgan tan jarohatlari sababli voqea joyida vafot etgan. Marhumaning oila aʼzolariga chuqur hamdardlik bildiramiz.

Mazkur holat yuzasidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (“Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish”) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli ota-onalar! Voyaga etmagan bolalarni qarovsiz qoldirmaslik kerakligini eslatib o'tamiz.
Shuningdek, haydovchilardan orqaga harakatlanayotganda yanada ehtiyotkor bo‘lishlarini so‘raymiz.

Barcha yangiliklar

Text to speech