Sergeli tumanida tezkor-profilaktika tadbiri davomida giyohvandlik vositalarini tarqatuvchi shaxs qo‘lga olindi
Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning analoglari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish holatlarini aniqlash va ularga chek qo‘yish borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, joriy yilning 28 iyul kuni Sergeli tumani Yangi Sergeli ko‘chasida tuman IIO FMB Tezkor-qidiruv xizmati xodimlari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan maxsus profilaktika tadbiri davomida 36 yoshli Zafar J. boshqaruvidagi “KIA K-5”rusumli avtomashina to‘xtatildi. boshqaruvidagi avtomashinani 36 yoshli Zafar J. Avtomobil' xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda avtoulov salonida 48 dona izolenta o‘ramida oq rangli kukunsimon modda va 20 dona “Regopen” hamda 6 ta kapsula “Zardeks” borligi aniqlandi. Gumonlanuvchi yaqin oradagi IIBga olib kelindi.
Suhbat davomida fuqaro ushbu ishni telegram messenjeri orqali topganini aytdi.
Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (“Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov davom etmoqda.