15 May 2023 Yil 2416

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda erkak kishining IIO xodimlariga qarshilik ko‘rsatayotganligini aks etgan video tarqalib turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz.

Joriy yilning 14 may kuni taxminan soat 18.00 larda Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan, Shayxontohur tumanidagi jarima maydonchalaridan biriga 1986 yilda tug‘ilgan I.D. tomonidan hech qanday xujjatlarsiz boshqarib yurilgan "TOYOTA" rusumli transport vositasi ma'muriy bayonnoma asosida olib kelingan. Biroq hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonida I.D. jamoat tartibini buzib, ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablarini bajarmay, ularga nisbatan qarshilik ko‘rsatgan.

Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB tomonidan fuqaro I.D.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasi ("Mayda bezorilik"), 194-moddasi ("Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik") va 195-moddasi ("Ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish") bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan hamda jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudi tomonidan unga nisbatan 10 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Barcha yangiliklar

Text to speech