26 Aprel 2023 Yil 2832

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda 3 yoshar qizning o‘limi holati yuzasidan videomurojaat tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Joriy yilning 25 aprel kuni 1996 yilda tug‘ilgan D.U. Sergeli tumani IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib, sinfdoshi 1996 yilda tug‘ilgan Sh.N.ga, voyaga yetmagan farzandi 2020 yilda tug‘ilgan S.U.ni enagalik qilishi uchun topshirganligini, lekin farzandi uning xonadonida vafot etganligini maʼlum qilgan.

Tekshiruv jarayonida Sh.N. voyaga yetmagan S.U. 24.04.2023 yilda yerto‘laga tushish zinasidan yiqilib tushganligini, lekin o‘rnidan turib yana o‘ynab ketganligi sababli uning onasiga bu haqida xabar bermaganligini, shifokorlarga ham S.U.ga tibbiy yordam ko‘rsatishi uchun murojaat qilmaganligini, 25.04.2023 yil taxminan soat 10.00 larda S.U. xushidan ketib yiqilganligini va tez tibbiy yordam xodimlari kelguniga qadar vafot etganligini maʼlum qilgan.

Marhumaning o‘lim sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 117-moddasi (“Xavf ostida qoldirish”) bilan jinoyat ishi ko‘zg‘atilgan. Gumon qilinuvchi Sh.N. protsessual tartibda ushlangan. Tergov davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech