27 Fevral 2023 Yil 1917

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda tez-tibbiy yordam xizmati xodimi kaltaklanganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Joriy yilning 27 fevral kuni taxminan soat 03.30 larda Sergeli tumani, Sergeli-4 dahasida istiqomat qiluvchi 1979 yilda tug‘ilgan A.Aygul “103” raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, tez-tibbiy yordam ko‘rsatish brigadasini chaqirgan. Chaqiruvga binoan yetib kelgan tez-tibbiy yordam xizmati feldsheri 1983 yilda tug‘ilgan X.Olesiya, xonadonga kirib A.Aygulni birlamchi ko‘rikdan o‘tkazish vaqtida, uning yonida bo‘lgan tanishi 1990 yilda tug‘ilgan K.Artyom feldsher go‘yoki A.Aygulga yaxshi qaramayotganligini bildirib, X.Olesiyaga kuch ishlatish bilan tahdid qilgan. Feldsher undan qochib ko‘chaga chiqqan vaqtida tez-tibbiy yordam mashinasi haydovchisi 1970 yilda tug‘ilgan T.Saidazim X.Olesiyani himoya qilgan. Shu vaqtda K.Artyom jamoat tartibini buzib, T.Saidazimni urib, tan jarohati yetkazgan.

T.Saidazim olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (“Bezorilik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech