24 Fevral 2023 Yil 1506

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Mirobod tumanida bir nechta fuqaro o‘zaro janjallashayotganligi aks etgan video tarqalgan. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Joriy yilning 24 fevral kuni Mirobod tumani, Farg‘ona yo‘li ko‘chasida, 1992 yilda tug‘ilgan 617-sonli avtobus haydovchisi B.B. va 1993 yilda tug‘ilgan 93-sonli avtobus haydovchisi A.O‘. o‘zaro mijoz talashib, bir-birlarining yo‘llarini to‘sganligi sababli o‘rtada kelishmovchilik yuzaga kelgan. Shundan so‘ng, haydovchilar B.B. va A.O‘. jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, o‘zaro janjallashib, jamoat tartibini buzgan.

Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. To‘plangan hujjatlar o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqish uchun sudga taqdim etiladi.

Barcha yangiliklar

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Turistlar uchun

1173

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: