10 Aprel 2023 Yil 1737

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro onasi uchun ayol shifokorlarni yuborishni so‘rab feldsherga tahdid qilganligi yuzasidan tarqalgan videotasvir turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Joriy yilning 1 aprel kuni 1990 yilda tug‘ilgan N.X. onasining salomatligi yomonlashganligi sababli tez-tibbiy yordam xizmatiga qo‘ng‘iroq qilib, xabarni qabul qilgan dispetcher 1998 yilda tug‘ilgan G.Z. dan faqat ayol tibbiyot xodimlarini yuborishligini so‘ragan. Dispetcher tez tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ichki qoidalarda bunday talab belgilanmaganligini maʼlum qilib, shu vaqtda bo‘sh ayol shifokorlar brigadasi bo‘lmaganligi sababli, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun eng yaqin brigadani yuborgan. Fuqaro manzilga yetib borgan brigadada erkak shifokorlarni ko‘rib, ularni uyga kiritmay norozilik bildirgan hamda telefon orqali dispetcherni haqorat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB xodimlari tomonidan fuqaro N.X. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasi (“Haqorat qilish”) bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar yakuniy qaror qabul qilish uchun sudga yuborilgan.

Barcha yangiliklar

Text to speech