9 Fevral 2023 Yil 1798

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda IIO xodimlari tomonidan fuqaro olib ketilayotganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.
Joriy yilning 5 fevral kuni 2004 yilda tug‘ilgan J.M. Shayxontohur tumanidagi “Malika” savdo majmuasi oldida IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan, ularga qarshilik ko‘rsatgan. Mazkur holat yuzasidan J.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194-moddasi (“Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”) alomatlari bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudi tomonidan J.M.ga nisbatan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.

Barcha yangiliklar

Text to speech