2 Mart 2023 Yil 2500

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda go‘yoki ommaviy mushtlashuv bo‘lganligi haqidagi xabar tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Joriy yilning 28 fevral kuni taxminan soat 22.00 larda Yakkasaroy tumanidagi internet klublaridan birida, 2002 yilda tug‘ilgan A.B. va tanishi 2002 yilda tug‘ilgan M.A. o‘zaro gap talashib qolganligi sababli ular o‘rtasida janjal kelib chiqqan. Natijada fuqaro M.A. tan jarohati olib, kasalxonaga murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.

Shu o‘rinda, ijtimoiy tarmoq faollaridan tekshirilmagan xabarlarni tarqatmasliklarini, aholi orasida asoslanmagan shov-shuv ko‘tarmasliklarini so‘rab qolamiz.

Barcha yangiliklar

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Turistlar uchun

1173

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: