Ijtimoiy tarmoqlarda noma'lum fuqaro Yunusobod tumanida jamiyatda yurish-turish qoidalarini buzganligini aks etgan video tarqalib turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz.
Joriy yilning 4 avgust kuni Yunusobod tumani, 11-mavze hududida, 1992 yilda tug‘ilgan T.A., qo‘lida guldasta bilan yalang‘och holda jamoat joyida harakatlanib, bu xatti-harakati bilan fuqarolarning norozichiligini keltirib chiqargan.
Holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv jarayonida fuqaro T.A. Toshkent shahar Ruhiy-asab kasalliklar guruhi shifokori tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilgan. Ko‘rik natijasida fuqaro T.A.ning ruhiyatida buzilish aniqlanganligi sababli, fuqaro shahar ruhiy-asab kasalliklar shifoxonasiga yuborilgan.
Hozirda holat yuzasidan tergoga qadar qo‘shimcha tekshiruv ishlari davom ettirilmoqda.