26 May 2023 Yil 3764

Rasmiy maʼlumot

Ijtimoiy tarmoqlarda nomaʼlum erkak kishining jamiyatda yurish-turish qoidalarini buzganligini aks etgan video tarqalib turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Joriy yilning 24 may kuni taxminan soat 15.00 larda Uchtepa tumanida joylashgan oliygohlardan birining qizlar uchun mo‘ljallangan yotoqxonasi oldida, 1961 yilda tug‘ilgan Z.E. jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan mayda bezorilik sodir etgan. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida ushbu fuqaro ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIO FMB tomonidan fuqaro Z.E.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasi (Mayda bezorilik) bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan hamda Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tumani sudi tomonidan unga nisbatan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.

Barcha yangiliklar

Text to speech