26 Aprel 2023 Yil 2209

Rasmiy maʼlumot

Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta qizlar o‘zaro janjallashganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan tekshiruv o‘tkazilib, quyidagilar aniqlandi.

Joriy yilning 25 aprel kuni taxminan soat 15.00 larda Shayxontohur tumani, Samarqand Darvoza MFY hududida, bir oy avval o‘zaro gap talashib qolgan voyaga yetmagan 2010 yilda tug‘ilgan S.S. va uning dugonalari, tanishi voyaga yetmagan 2009 yilda tug‘ilgan K.M. ni urib, uzr so‘rashligini talab qilishgan.

Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.

Barcha yangiliklar

Text to speech