9 Iyun 2023 Yil 3540

Rasmiy ma'lumot

Ijtimoiy tarmoqlarda erkak kishi voyaga yetmaganga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etganligi haqidagi xabarlar tarqalib turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz.

Joriy yilning 7 iyun kuni taxminan soat 17.00 larda 1968 yilda tug‘ilgan X.A. Mirzo Ulug‘bek tumani Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylardan birining yo‘lagida, voyaga yetmagan 2015 yilda tug‘ilgan L.S.ga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etgan.

Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 119-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumon qilinuvchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech