5 Avgust 2023 Yil 2222

Rasmiy maʼlumot

Ijtimoiy tarmoqlarda nomaʼlum haydovchi, ayol boshqargan avtomashinani tepib, texnik shikast yetkazganligini aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Joriy yilning 4 avgust kuni taxminan soat 00.10 larda Yunusobod tumani, A.Temur ko‘chasida “Cobalt” rusumli, davlat raqam belgisi 30 T 255 RA bo‘lgan avtomashina haydovchi 2002 yilda tug‘ilgan M.X. hamda “Gentra” rusumli avtomashina haydovchisi 1999 yilda tug‘ilgan D.T.lar orasida yo‘lda o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqqanligi aniqlangan.

Kelishmovchilik natijasida “Cobalt” rusumli avtomashina haydovchisi “Gentra” rusumli avtomashinaga texnik shikast yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.

Barcha yangiliklar

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Turistlar uchun

1173

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: