4 May 2023 Yil 2498

Rasmiy maʼlumot

Joriy yilning 2 may kuni 4 nafar fuqarolar Chilonzor tumani IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib, ularning farzandlari (6 yoshli qizlar) Chilonzor tumanidagi maktabgacha taʼlim muassasalardan birida uxlab yotgan vaqtida, voyaga yetmagan 2008 yilda tug‘ilgan X.Sh. bolalarning tanasini turli qismlarini qo‘li bilan ushlab, uyatsiz buzuq harakatlar sodir qilganligini maʼlum qilishgan va X.Sh.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25-moddasi orqali 119-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda. Jinoyat ishi doirasida barcha holatlar batafsil o‘rganilib, zaruriy tergov harakatlari o‘tkazilishi va natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.

Barcha yangiliklar

Text to speech