2 Iyun 2023 Yil 1904

Rasmiy ma'lumot

Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta fuqarolar o‘zaro janjallashganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz.

Joriy yilning 1 iyun kuni taxminan soat 22.45 larda Chilonzor tumanida bo‘lib o‘tgan konsertlarning birida, 2003 va 2004 yilda tug‘ilgan bir nechta fuqarolar dastur yakunlangandan so‘ng og‘zaki tortishib qolganligi natijasida tomonlar o‘zaro janjallashib ketganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan ushbu fuqarolarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) va 194-moddasi (“Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”) alomatlari bilan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudiga yuborilgan.

Barcha yangiliklar

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Turistlar uchun

1173

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: