27 Mart 2023 Yil 2385

Rasmiy maʼlumot

Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta fuqarolar o‘zaro janjallashganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan tekshiruv o‘tkazilib, quyidagilar aniqlandi.

Joriy yilning 26 mart kuni taxminan soat 22.30 larda Yangihayot tumani, Yangihayot 10-hududdagi mini futbol stadionida, futbol o‘ynash uchun kelgan voyaga yetmagan bolalar futbol maydonini talashib o‘zaro og‘zaki janjallashgan. Janjalni ko‘rgan ota-onalar farzandlarini chaqirib uyiga olib kirib ketgan. Og‘zaki janjal natijasida fuqarolar tan jarohati olmagan.

Mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani IIO FMB tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.

Hurmatli ota-onalar! Farzandlaringizga har qanday muammoni o‘zaro kelishuv yo‘li bilan hal qilish mumkinligini, janjal-to‘polon bilan biror natijaga erishib bo‘lmasligini, sodir etilgan huquqbuzarlik uchun qonunda jazo choralari belgilanganligini tushuntirishingizni so‘raymiz.

Barcha yangiliklar

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Turistlar uchun

1173

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: