20 Aprel 2023 Yil 5227

Rasmiy maʼlumot

Ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan qizga nomaʼlum shaxs tegajog‘lik qilgani aks etgan video tarqalib turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar iibb tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Aniqlanishicha, joriy yilning 19 aprel kuni taxminan soat 12.50 larda 2005 yilda tug‘ilgan Z.B. Mirobod tumani, Inoqobod ko‘chasida uyiga qaytayotgan vaqtida orqasidan 1997 yilda tug‘ilgan Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida yashovchi Ozod O. kelib, quchoqlab, yuzidan o‘pib qo‘yib yuborgan va voqea joyidan qochib ketgan. O‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida Ozod O. ushlangan.

Tekshiruv jarayonida Ozod O. tomonidan Z.B.ning hech qanday buyumlari olib qo‘yilmaganligi ma'lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.

Hurmatli fuqarolar, agar siz yoki yaqinlaringiz ushbu shaxsdan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz, Toshkent shahar IIBBning 71-233-71-47, 71-233-49-46, 71-206-42-54 raqamlariga yoki 102 raqamiga yoxud yaqin oradagi IIBga xabar berishingizni so‘raymiz.

Barcha yangiliklar

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Turistlar uchun

1173

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: