8 Avgust 2023 Yil 2228

Rasmiy ma'lumot

Ijtimoiy tarmoqlarda bir qiz boshqa qizni urganligi holati aks etgan video tarqalib turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘rganilganda, quyidagilar aniqlandi.

Joriy yilning 20 iyul kuni 18 yoshli K.E. internet tarmog‘i orqali 17 yoshli Ch.A. bilan o‘zaro gap talashib qolgan, so‘ng 24 iyul kuni Ch.A.ni Chilonzor tumaniga o‘zaro munosabatni hal qilish uchun chaqirgan. Suhbat jarayonida K.A. jamoat joyida bo‘la turib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan voyaga yetmagan Ch.A.ni urib tan jarohati yetkazgan. Biroq bu holat haqida Ch.A. va uning yaqinlari IIOga murojaat qilmagan.

Videoda aks etgan holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan K.E.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, hujjatlar qonuniy qaror qabul qilishlik uchun jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga taqdim etilgan.

Barcha yangiliklar

Text to speech