25 Iyul 2023 Yil 1616

Poytaxt dehqon bozorlarining birida iste'molga yaroqsiz go‘sht mahsulotlari aniqlandi

Toshkent shahrida sifatsiz go‘sht va sut mahsulotlarini aniqlash bo‘yicha muntazam ravishda profilaktika tadbirlari olib borilmoqda. Mas'ul xodimlar tomonidan poytaxtimizdagi dehqon bozorlarida tizimli ravishda reydlar o‘tkazib kelinmoqda. Unda Toshkent shahar IIBB JTSB Karantin tadbirlarini ta'minlash guruhi xodimlari hamda sanitariya-epidemiologiya xizmati mutaxassislari ishtirok etishadi.

Shunday qilib, Yakkasaroy tumanidagi dehqon bozorlaridan birida hamkorlikda o‘tkazilgan profilaktik tadbirlarda go‘sht, sut mahsulotlari, sabzavot va mevalarning iste'molga yaroqliligi tekshirildi. O‘tkazilgan tadbir davomida jami 24.5 kg yirik shoxli mol go‘shti hamda 25.5 kg istemolga yaroqsiz tovuq go‘shti mahsulotlari aniqlandi. Iste'molga yaroqsiz mahsulotlari veterinariya sanitariya qoidalariga binoan utilizasiya qilindi. Shuningdek, tadbirkorlar va iste'molchilar o‘rtasida sanitariya-gigiena qoidalariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech