11 Mart 2023 Yil 4051

Pichoq – muammoning yechimi emas

Joriy yilning 11 mart kuni taxminan soat 14.00 larda Mirobod tumanidagi maktablardan birining 11-sinf o‘quvchilari: 2006 yilda tug‘ilgan T.A. hamda 2005 yilda tug‘ilgan O.J., shu tumandagi sport maydonchalaridan birida basketbol o‘ynayotgan vaqtida o‘zaro og‘zaki gap talashib qolganlar. Shundan so‘ng, voyaga yetmagan 2006 yilda tug‘ilgan T.A. ushbu kelishmovchilikni tinch yo‘l bilan hal qilish o‘rniga, o‘zi bilan olib kelgan pichoq bilan 2005 yilda tug‘ilgan O.J.ni bel sohasiga bir marotaba urgan. Natijada, O.J. tibbiy yordam ko‘rsatilishi uchun shifoxonaga olib borilgan. Hozirda O.J.ning holati qoniqarli.
Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (“Bezorilik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov olib borilmoqda.
Hurmatli ota-onalar! Farzandlaringizga pichoq yoki boshqa sovuq qurollar muammoning yechimi emasligini, har qanday nizoni og‘zaki hal qilish mumkinligini, qonunlarga rioya etish lozimligini tushuntiring.

Barcha yangiliklar

Text to speech