11 Mart 2023 Yil 2470

Olmazor tumanida sodir bo‘lgan YTH haqida maʼlumot

2023 yilning 11 mart kuni soat taxminan 13:00 larda Olmazor tumani, Ahmad Donish ko‘chasidagi “Taxtapul” ko‘prigi ustida, haydovchi 2002 yilda tug‘ilgan S.Yu. “Changan” rusumli, davlat raqam belgisi 01 V 043 UB bo‘lgan avtomashinani boshqarib ketayotib, yo‘l chetida harakatsiz to‘xtab turgan haydovchi 1981 yilda tug‘ilgan B.K.ga tegishli «Матиз» rusumli, davlat raqam belgisi 01 N 041 UB bo‘lgan avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etib, boshqaruvni yo‘qotib, bir yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan haydovchi 1984 yilda tug‘ilgan F.X.ning “Cobalt” rusumli, davlat raqam belgisi 80 V 397 RA bo‘lgan avtomashinasiga urilgan.

YTH natijasida «Matiz» avtomashinasi yo‘lovchilari: 1984 yilda tug‘ilgan T.A. hamda 2002 yilda tug‘ilgan A.G‘. olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan. Ularning oila aʼzolariga hamdardlik bildiramiz.

Mazkur holat yuzasidan, Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech