26 Iyun 2023 Yil 595

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “OAV – jamiyat taraqqiyotining ko‘zgusi” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti katta o‘qituvchisi, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, falsafa fanlari doktori Farruxbek Olimov maʼruza qildi. U o‘z maʼruzasida, 1994 yildan buyon har yili 27-iyun O‘zbekistonda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni nishonlanishini hamda mamlakatimizda ommaviy axborot vositalari soni barqaror o‘sib borayotganligini alohida taʼkidlab o‘tdi.

Tadbir davomida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisining o‘rinbosari, sotsiologiya fanlari doktori, professor Toshpo‘lat Matiboyev joriy yilning 9 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov yuzasidan nutq so‘zladi. U o‘z maʼruzasida, saylovda qatnashayotgan 4 nafar nomzod yaʼni, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan – partiya yetakchisi Ulug‘bek Inoyatov, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan – Robaxon Maxmudova, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Liberal-demokratik partiyasidan amaldagi prezident Shavkat Mirziyoyev hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasidan Abdushukur Xamzayevlar haqida maʼlumot berib o‘tdi.

Barcha yangiliklar

Text to speech