11 Fevral 2023 Yil 1385

Mirzo Ulug‘bek tumanida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan maʼlumot

Joriy yilning 10 fevral kuni taxminan soat 17.00 da 2002 yilda tug‘ilgan Sh.Sh. o‘zining boshqaruvidagi davlat raqami 20 C 625 DA bo‘lgan “Spark” rusumli avtoulovni Mustaqillik shox ko‘chasi bo‘ylab boshqarib ketayotganda, yo‘lni begilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan piyoda 1986 yilda tug‘ilgan B.N.ni urib yuborgan. Natijada piyoda olgan tan jarohatlari bilan RSHTYOIM Toshkent viloyati filialiga “qo‘shma shikastlanish, 3–bo‘yin umurtqasi yopiq sinishi” kabi og‘ir tan jarohatlari bilan kasalxonaga olib borilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech