4 May 2023 Yil 1761

Hech qanday asosga ega bo‘lmagan yolg‘on xabarlarga ishonmang

Ijtimoiy tarmoqlarda go‘yoki Toshkentda atir sotuvchi ayollar yurganligi, ular sotayotgan atirni hidlagan shaxs vafot etayotganligi haqida audioxabar tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Mazkur xabar haqiqatga mutlaqo zid bo‘lib, bu kabi holatlar Toshkent shahrida qayd etilmaganligini, shu mazmundagi yolg‘on xabarlar bir necha yillardan beri ijtimoiy tarmoqlarda aylanib yurganligini ma'lum qilamiz.

Hurmatli shahrimiz aholisi va mehmonlari! Sizlardan, asoslanmagan va tasdiqlanmagan xabarlarga ishonmaslikni hamda tarqatmaslikni so‘raymiz.

Barcha yangiliklar

Text to speech