17 Iyun 2023 Yil 1287

Har qanday nizo qonuniy yo‘l bilan hal etilishi lozim

Joriy yilning 6 may kuni taxminan soat 14:30 larda Olmazor tumani, Talabalar ko‘chasida, 3 nafar fuqarolar (D.Sh., X.Q, A.I.) hamda ularning tanishi U.T. o‘rtalarida kelishmovchilik natijasida janjal kelib chiqqan. Shundan so‘ng ular o‘tkir tig‘li jism bilan U.T. ning qo‘l sohasiga tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan, Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi ("Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish") bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchilarga nisbatan “Qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech