25 May 2023 Yil 1494

Fuqarolarga mavjud bo‘lmagan aviachiptalarni sotgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Shayxontohur tumani IIO FMBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, 2022 yil davomida firma rahbari bo‘lib ishlagan 32 yoshli Otabek T. 15 nafar fuqaroga jami 246.520.800 so‘mlik mavjud bo‘lmagan aviachiptalarni sotgan. U fuqarolardan olingan pullarni firmaning bank hisob raqamiga o‘tkazmay, o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Ogoh bo‘ling! Firibgarlar tuzog‘iga tushib qolmang!

Barcha yangiliklar

Text to speech