7 Fevral 2023 Yil 1188

Ehson qutisini o‘g‘irlagan shaxs ushlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum shaxs do‘kon yoniga o‘rnatilgan xayriya qutisini o‘g‘irlayotgani aks etgan video tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Joriy yilning 2-fevral kuni soat taxminan 00.47 larda 20 yoshli Yoqub ismli shaxs Olmazor tumani Qo’shtut mahallasida joylashgan do‘kon yonida o‘rnatilgan ehson qutisini  o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringan. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O‘g‘irlik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida ushbu shaxs aniqlanib, qo‘lga olindi. Tergov davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech