Joriy yilning1-fevral kuni Mirobod tumanidagi MChJlardan birining rahbari tuman IIOFMBga ariza bilan murojaat qilib, o’z arizasida do‘kon omboridan 62 dona go‘sht maydalagich va 146 dona isitgich o‘g‘irlab ketilganini ma’lum qilgan. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O‘g‘irlik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar davomida o‘g‘irlikda gumonlanuvchi shaxs aniqlanib, qo‘lga olindi. Qo’lga olingan shaxs ushbu do‘kon ishchisi, 20 yoshli Umidjon K. ekanligi ma’lum bo‘ldi va hibsga olindi. Tergov ishlari davom etmoqda.
Endi Umidjon qilmishlari uchun qonun oldida javob beradi va o‘zi uchun tegishli xulosa chiqaradi degan umiddamiz. Yoshlikni zavol qilgandan ko'ra, halol mehnat qilish, qonunlarga bo'ysunish kerak.