2 Iyun 2023 Yil 1755

Rasmiy maʼlumot

Ijtimoiy tarmoqlarda nomaʼlum fuqaro Chilonzor tumanida jamiyatda yurish-turish qoidalarini buzganligini aks etgan video tarqalib turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Joriy yilning 31 may kuni Chilonzor tumani, Chilonzor metro bekati oldidagi yo‘l qatnov qismining piyodalar o‘tish joyida, 2004 yilda tug‘ilgan P.D. va ushbu “prank”ni tasvirga olishga jalb qilingan tanishi 2000 yilda tug‘ilgan T.M., jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, go‘yoki o‘zini oyog‘i singan holatda ko‘rsatib, yo‘l qatnov qismida sunʼiy tirbandlik sodir etgan hamda yo‘l harakati qatnashchilarining hayotini xavf ostiga qo‘ygan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan ushbu fuqarolarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasi ("Mayda bezorilik") bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun hujjatlar Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudiga yuborilgan.

Barcha yangiliklar

Text to speech