31 May 2023 Yil 2066

Bektemir tumanida sodir bo‘lgan YTH haqida maʼlumot

2023 yilning 28 may kuni soat taxminan 21:30 larda Bektemir tumani, Bektemir yo‘li ko‘chasida, haydovchi 1996 yilda tug‘ilgan Sh.M. «Cobalt» rusumli, davlat raqam belgisi 60 K 985 VA bo‘lgan avtomashinani boshqarib ketayotib, yo‘l chetida harakatsiz to‘xtab turgan haydovchi 1998 yilda tug‘ilgan Sh.Q.ga tegishli “Vaz-2105” rusumli, davlat raqam belgisi 01 Q 819 VB bo‘lgan avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etib, boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidan harakatlanib ketayotgan 3 nafar piyodalarni urib yuborgan.

YTH natijasida 2 nafar piyoda (2000 y.t. S.Yu. va 2001 y.t. A.K.) hamda «Cobalt» rusumli avtomashina haydovchisiga tan jarohati olganligi sababli tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Biroq, piyoda 1997 yilda tug‘ilgan A.X. olgan tan jarohatlari sababli kasalxonada vafot etgan. Uning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz.

Mazkur holat yuzasidan, Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech