13 Aprel 2023 Yil 2216

Bektemir tumanida sodir bo‘lgan YTH haqida maʼlumot

Joriy yilning 10 aprel kuni taxminan soat 07:30 da Bektemir tumani, Oltintopgan ko‘chasida 2 ta yengil avtomobil va bir piyoda ishtirokida YTH sodir bo‘lgan. Aniqlanishicha, haydovchi 1988 yilda tug‘ilgan N.r. “Spark” rusumli (davlat raqam belgisi 01 О 856 РБ) avtomashinani ishonchnoma orqali boshqarib ketayotib, oraliq masofani saqlamay, yo‘l chetida to‘xtab turgan haydovchi 1995 yilda tug‘ilgan J.G‘.ga tegishli «Spark» (davlat raqam belgisi 01 L 376 SB) rusumli avtomashina bilan to‘qnashib ketgan va boshqaruvni yo‘qotib yo‘l chetida harakatlanib ketayotgan piyodani urib yuborgan.

Natijada, piyoda – 1983 yilda tug‘ilgan G.D. turli xil tan jarohatlari, 2-darajali koma holati tashxisi bilan kasalxonaga olib borilgan, biroq ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay 11 aprel kuni soat 02:15 da vafot etgan. Uning oila aʼzolariga hamdardlik bildiramiz.

Mazkur holat yuzasidan, Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech