14 Fevral 2023 Yil 533

Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining 3-kurs kursantlari Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida hamda hududiy Ichki ishlar bo’limlarida amaliyot o‘tashni boshladi

Kuni kecha Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida Ichki ishlar vazirining IIV Akademiyasi 3-kurs kursantlari bilan yakuniy amaliyot o‘tashga oid tegishli buyrug‘i va ko’rsatmasi asosida Akademiyaning 3-kurs kursantlari hamda Ichki ishlar organlari faxriylari, raxbar xodimlar hamda boshqa xizmatlar va bo‘linmalari rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Bu yerda bo‘lajak huquq-tartibot posbonlari malaka oshirishdan o‘tadi. Yig‘ilishda kursantlarning ota-onalari, poytaxt ichki ishlar bosh boshqarmasi tarmoq xizmatlari rahbarlari va mas’ul xodimlari, tizimdagi profil universitet professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Suhbat davomida kursantlarning ota-onalari amaliyotning maqsad va vazifalari, shuningdek, farzandlariga qanday yordam berishlari haqida bilib oldilar. Xususan, so‘zga chiqqanlar ta’kidlaganidek, Akademiyada qo‘llanilayotgan zamonaviy ta’lim standartlari nazariyani amaliy mashg‘ulotlar bilan doimiy uyg‘unlashtirishni nazarda tutadi. Shunday qilib, kursantlar o‘quv jarayonida nafaqat tanlangan xizmat yo‘nalishi bo‘yicha aniq tasavvurga ega bo‘ladilar, balki Akademiyada olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalariga ham ega bo‘ladilar. Natijada yosh mutaxassislarni ish faoliyatiga moslashtirish tezroq va osonroq bo'ladi va bo'linmalar ishga tayyor bo'lgan mutaxassisni ishga qabul qiladi.

Barcha yangiliklar

Text to speech