14 Fevral 2023 Yil 646

Yunusobod tumanidagi 273-sonli maktab o‘quvchilari Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi “Shon-sharaf muzeyi”ga tashrif buyurishdi

Bugungi kunda O‘zbekistonda ma’naviyatni asrab-avaylash, odob-axloq tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilayotgani bois madaniyat va san’atni rivojlantirish ustuvor vazifalar sirasiga kiradi.
Yunusobod tumani IIOFMB tashabbusi bilan Yunusobod tumanidagi 273-sonli maktabning yuqori sinf o‘quvchilari Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining “Shon-sharaf muzeyi”ga tashrif buyurishdi. Ekskursiya davomida ular Toshkent shahar ichki ishlar organlari bosib o‘tgan yo‘ldan hikoya qiluvchi ekspozitsiyalar bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. Yosh tashrif buyuruvchilarga poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasining tarixi, ichki ishlar organlarining tashkil topishi, xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan qahramon xodimlar haqida so‘zlab berildi.
Bolalar uchun muzeyga tashrif - bu ko'ngilochar yurishdanda ko'ra ko'proq ahamiyatga egadir. Bu tadbirlardan maqsad - ular yurtimiz tarixi bilan tanishishi, amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarga daxldor bo‘lishga intilishi, ularda vatanparvarlik tuyg‘usini tarbiyalashdir.

Barcha yangiliklar

Text to speech