100 yoshli onaxonga xorijga chiqish pasporti berildi
Ichki ishlar organlari xodimlari nafaqat osoyishtalikni taʼminlash, balki xalq ichida yurib, ularning dardu tashvishini tinglab, muammolarini hal etishda ham jonbozlik ko‘rsatishadi. Yangihayot tumanida yashovchi, 100 yoshni qarshilagan Santalat aya Sotimovaning holidan xabar olinganida, onaxon muqaddas Haj va Umra ziyoratini amalga oshirish istagida yurganligini, lekin unda xorijga chiqish pasporti yo‘qligini aytdi. Shuningdek Saltanat aya pasport olish uchun ko‘chaga mustaqil chiqa olmasligini bildirdi.
Shundan so‘ng Yangihayot tumani IIO FMB boshlig‘i va M va FR bo‘limi xodimlari hamda Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlari tomonidan fuqaro S. Sotimovaga xorijga chiqish pasporti rasmiylashtirilishida amaliy yordam berildi. Endilikda 100 yoshga to‘lgan Santalat aya, Xaj va Umra safarlarni amalga oshirish uchun bemalol xorijiy davlatga chiqish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Onaxon bunday eʼtibor uchun xodimlarga minnatdorlik bildirdi.