O‘q otish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi
Ichki ishlar organlari, xususan, Toshkent shahar IIBB xodimlarining ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini yuksaltirish bilan birga jangovar va kasbiy tayyorgarligini, jismoniy-ruhiy salohiyatini oshirish, xizmatga shayligini ta’minlashga katta e’tibor qaratilgan. Shu maqsadlarda izchil ravishda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazib kelinadi. Shunday mashg‘ulotlardan navbatdagisi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga qarashli o‘quv-dala maydonida bo‘lib o‘tdi. Bu yerda xodimlar maxsus mas’ullar nazorati va baholashi ostida jangovar “Kalashnikov” avtomati hamda “Makarov” to‘pponchasidan amaliy o‘q otish mashg‘ulotlarini o‘tkazdilar. Mas’ullar tomonidan har bir xodimning qurollardan to‘g‘ri foydalanish tartibi hamda aniq nishonga olish borasidagi ko‘nikmalari baholanib, qayd etib borildi. Shuningdek, ommaviy tartibsizliklar yuzaga kelganda xodimlarning maxsus kuch-vositalardan foydalanish va qo‘llashda mavjud qoidalarga amal qilish jarayonlariga e’tibor qaratilib, bu borada nazariy va amaliy mashg‘ulotlar reja bo‘yicha amalga oshirib kelinmoqda.