30 May 2018 Yil 4940

Toshkent shahar YHXB “body camera”ni sinovdan o‘tkazmoqda!

Toshkent shahar IIBB YHXB “body camera” ya’ni yo‘l-patrul xizmati xodimlari uchun mo‘ljallangan holatni qayd etib boruvchi video kameralarni sinovdan o‘tkazishni boshladi.

Ushbu video kamera xodimning kunlik ish faoliyati, haydovchilar bilan o‘zaro muloqotini uzluksiz yozib boradi. Kameralar yagona boshqaruv tizimiga ulangan bo‘lib, markaziy apparat tomonidan boshqariladi. YPX xodimining kamera yozuvini to‘xtatib qo‘ya olmasligi, qayd etilgan tasvirni o‘chira olmasligi tizimda korrupsiyaning oldini olishga, vaziyatlarni haqqoniy o‘rganish va adolatli chora-tadbirlar ko‘rishga yordam beradi.

Ushbu zamonaviy uskuna sinovdan o‘tgan taqdirda, ulardan sohada keng foydalanish ko‘zda tutilgan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech