TOSHKENT SHAHAR ICHKI ISHLAR BOSH BOSHQARMASI

Rasmiy maʼlumot

Ijtimoiy tarmoqlarda bir fuqaro o‘ziga o‘zi tan jarohati yetkazganligi aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.Joriy yilning 25 mart kechasi Chilonzor tumanida bir nechta fuqarolar o‘zaro janjallashib jamoat tartibini buzganligi haqida xabar kelib tushgan. Voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan tuman IIO FMB xodimlari 7 nafar fuqaroni (1989 y.t. K.X., 1992 y.t. F.t., 1999 y.t. S.A., 2001 y.t.t P.D., 2001 y.t. I.X., 2004 y.t. I.X., 2004 y.t. Sh.A.,) tinchlantirib, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish uchun yaqin oradagi IIBga borayotgan vaqtida ular ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talabini bajarmasdan, ularga faol qarshilik ko‘rsatgan. Ushbu fuqarolarning ayrimlari nomaʼlum moddadan mastlik holatida bo‘lgan.Holat yuzasidan ushbu fuqarolarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi ("Mayda bezorilik"), 194-moddasi ("Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik") bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.2024 yilning 26 mart kuni ushbu fuqarolarni sudga olib borish uchun chaqirtirilgan vaqtda, Chilonzor tumani IIO FMB hovlisida: muqaddam Jinoyat kodeksining 277-moddasi (“Bezorilik”) bilan ikki marotaba sudlangan, Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194 ("Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik"), 183 ("Mayda bezorilik") 56 prim 1 ("Jamoat joylarida tamaki mahsulotini isteʼmol qilish"), 185 prim 3 ("O‘zbekiston Respublikasi hududida fuqaroviy va xizmat quroli sifatida muomalada bo‘lishi taqiqlangan ashyolarning qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lishi") moddalari bilan olti marotaba maʼmuriy javobgarlikka tortilgan 2004 y.t. Sh.A. javobgarlikdan qutulish maqsadida, namoyishkorona ko‘ylagini yechib og‘zida bo‘lgan piska (lezviya) bo‘lagi bilan qorin va qo‘l qismini yengil kesib o‘ziga o‘zi tan jarohati yetkazgan. IIO xodimlari tomonidan tezkorlik bilan ko‘rilgan choralar natijasida fuqarodan lezviya olib qo‘yilib, og‘ir oqibatlarning oldi olingan.Sh.A.ga zudlik bilan birinchi yordam ko‘rsatilib, tibbiyot muassasasiga olib borilgan. Unga tibbiyot xodimlari tomonidan tibbiy yordam ko‘rsatilganidan so‘ng Sh.A. shu kunning o‘zida uyiga ketgan. Tibbiy maʼlumotga ko‘ra Sh.A.ga "Qorin old devorining kesilgan jarohatlari, chap qo‘l bilak sohasi kesilgan jarohati” tashxisi qo‘yilgan.Fuqaro Sh.A, o‘ziga o‘zi tan jarohati yetkazganligi holati tuman prokuraturasi tomonidan o‘rganilmoqda.

28 Mart 2024 Yil

743

Interaktiv xizmatlar

Text to speech