27 Yanvar 2023 Yil 585

Tovlamachilik qilgan shaxs jinoiy javobgarlikka tortildi

Uchtepa tumani IIO FMBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, 28 yoshli Sh.F. 29 yoshli S.M. bilan tanishib, o‘zaro yozishib yurishgan. Biroz vaqtdan so‘ng, Sh.F. ayolning turmush o‘rtog‘iga yuborgan fotosuratlarini o‘zining telefoniga yuklab olib, oshkor qilish bilan qo‘rqitib, uning tilla taqinchoqlari va pullarini egallab olgan. Ayolning arizasiga asosan, Sh.F. ushlangan. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi (“Tovlamachilik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech