18 Yanvar 2023 Yil 590

Yangi kiyim-kechaklarni o‘g‘irlaganlik holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Jamoat xavfsizligini ta’minlashda ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklarni oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishga qaratilgan faoliyati alohida ahamiyat kasb etadi. Poytaxtning Chilonzor tumanida tergov-tezkor guruhi tomonidan o‘g‘rilik bilan bog‘liq jinoyat issiq izidan fosh etildi.
Chilonzor tumani IIO FMBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, 5 yanvar kuni taxminan soat 19.50 da, noma’lum shaxs savdo majmuasida joylashgan omborxona yo‘lagida qarovsiz qoldirilgan jami 133.314 AQSH dollarlik 33 o‘ramga o‘ralgan turli xil kiyim-kechaklarni o‘g‘irlab ketganligi ma’lum bo‘lgan.
Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida, ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilingan 22 yoshli Ravshan M. aniqlanib, qo‘lga olindi. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O‘g‘rilik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar! Sizdan hushyor bo‘lishingizni va mulkingizni qarovsiz qoldirmasligingizni so‘raymiz.

Barcha yangiliklar

Text to speech