19 Yanvar 2023 Yil 1019

#Yil_sarhisobi

Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lish holatlarini aniqlash va ularga chek qo‘yish yuzasidan olib borilayotgan ishlar to‘g‘risidaGiyohvandlik vositalari nafaqat salomatlikka zarar yetkazadigan, balki hayot uchun xavfli hamda insonning ruhiyatini buzadigan yovuzlik ekanligi barchamizga maʼlum. Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning analoglari, kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish hamda ularni oldini olish borasida doimiy kurash olib borilmoqda. Jumladan, 2022 yilda giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar bilan bog‘liq 1 998 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Shundan, 367 tasi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish, 500 tasi giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadida ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish, 1 007 tasi giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar uchun.

Tezkor tadbirlar davomida jami 273,6 kg giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar aniqlanib, musodara qilindi. Shundan 147,3 kg gashish, 24,3 kg opiy, 27,6 kg marixuana, 5,9 kg geroin, 23 kg sintetik giyohvandlik moddalar va 45,5 kg kuchli taʼsir qiluvchi moddalar.

Qonunda butun davlat va jamoat tashkilotlarining giyohvandlikka qarshi kurashishi majburiyligi belgilanishi bilan birga, narkotik moddalarni targ‘ib qilish mutlaqo taqiqlanadi. Giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi uchun javobgarlik muqarrardir.

Barcha yangiliklar

Text to speech