25 Yanvar 2023 Yil 597

Toshkentning bir qator tumanlarida qattiq sovuq tufayli gaz va elektr taʼminotida muammolar yuzaga kelgandi

Ularni bartaraf etish uchun ichki ishlar organlari ham jalb qilingan. Xususan, poytaxt ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i, general-mayor Aziz Tashpulatov boshchiligidagi ishchi guruh Yunusobod tumanida joylashgan Yunusobod dehqon bozoridagi bir qator ijtimoiy soha obyektlari faoliyatini o‘rgandi. Bundan tashqari ishchi guruh imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 87-sonli maktabda bo‘lib, elektr va issiqlik taʼminoti, bolalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Shuningdek, ishchi guruh tomonidan Yunusobod dehqon bozorida narxlarni sunʼiy ravishda oshirib yuborilishini oldini olish maqsadida tadbirkorlik subyektlari bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech