15 Yanvar 2023 Yil 500

Rasmiy ma'lumot

Ijtimoiy tarmoqlarda ayol kishining IIO xodimiga qarshilik ko'tsatayotganligi aks etgan video tarqalib turli muhokamalarga sabab bo'lmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz.
Joriy yilning 12 yanvar kuni taxminan soat 18.00 larda 2003 yilda tug'ilgan Samarqand viloyatida yashovchi Sh.A., Shayxontohur tumani Samarqand darvoza ko'chasida yo'lning qatnov qismida 2 nafar voyaga yetmagan farzandlaridan foydalanib tilanchilik qilgan. Shu hududda xizmat olib boruvchi IIO xodimi unga tilanchilik bilan shig'ullanmasligini va yo'lning qatnov qismidan chetga o'tishi kerakligini aytganida Sh.A. IIO xodimi bilan gap talashib urushib ketgan. Mazkur holat yuzasidan o'tkazilgan o'rganish jarayonida aniqlanishicha Sh.A. muqaddam 11 marotaba tilanchilik qilgani uchun IIO xodimlari tomonidan ogohlantirilgan. Bundan tashqari, Sh.A. ikki nafar voyaga yetmagan (kichigi 8 oylik) farzandidan foydalanib, ularning hayotini xavf ostiga qo'yib, yo'lning qatnov qismida transport vositalarining harakatlanishiga halaqit qilib tilanchilik bilan shug'ullangan.
Sh.A.ning voyaga yetmagan farzandlari borligi, ulardan bir nafari emizikli go'dak ekanligini inobatga olib unga ogohlantirish berilgan.

Barcha yangiliklar

Text to speech