14 Mart 2023 Yil 1508

Olmazor tumanida yuz bergan xodisa yuzasidan maʼlumot

Ijtimoiy tarmoqlarda Olmazor tumanida devor qulaganligi haqida maʼlumot tarqalgan. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.
Joriy yilning 14 mart kuni taxminan soat 00:45 larda Olmazor tumani, Guruch-ariq ko‘chasida joylashgan qariyalar uyining balandligi 3 metr, uzunligi 14 metr bo‘lgan devori, poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida qulab tushgan. Natijada, devor oldida turgan “Nexia-3” rusumli, davlat raqam belgisi 01 U 328 DB (1985 y.t., fuqaro S.A.ga tegishli) bo‘lgan avtomashinaga shikast yetgan. Jarohat olganlar yo‘q.

Barcha yangiliklar

Text to speech