TOSHKENT SHAHAR ICHKI ISHLAR BOSH BOSHQARMASI

Jinoyat ko‘chasining oxiri berk

Poytaxtimiz hududida xavfsiz va barqaror muhitni ta’minlash, jinoiy xatti-harakatlar va huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash orqali tinchlik-xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan keng miqyosli tezkor-profilaktik tadbirlar tizimli ravishda o‘tkazib kelinmoqda. Shahrimizda kriminogen vaziyat barqarorligini ta’minlash maqsadida, Toshkent shahar IIBB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” oyligi doirasida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar savdosi bilan shug‘ullanib kelayotgan shaxslar ushlandi. 2000 yilda tug‘ilgan M. telefoni xolislar ishtirokida tekshirilganda, 2025 yil may oyidan 2026 yilning yanvar oyiga qadar qonunga xilof ravishda 18 016 USDT kriptovalyuta aylanmasi amalga oshirilgani aniqlandi. Dastlabki surishtiruvlar davomida Hasan unga yaqin tanish bo‘lgan 1987 yilda tug‘ilgan D.Snejananing uyidagi seyfda giyohvandlik moddasi saqlayotganini ma’lum qildi. Ayolning uyida saqlanayotgan seyf xolislar ishtirokida ochilib, ko‘zdan kechirilganda, uning ichida 2 dona maxsus tarozi, maxsus magnitlar hamda oq polietilen paketga solingan oq rangli, kukunsimon modda borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida tegishli tartibda rasmiylashtirilib olindi. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273 (“Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish”), 278-prim 8 (“Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzish”), 243 (“Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish”) moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchilarga nisbatan “Qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan. Hozirgi kunda noqonuniy ravishda giyohvand va psixotrop moddalar savdosi bilan shug‘ullanib kelayotgan bu kabi guruh a’zolarini aniqlashga qaratilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davom etmoqda.

30 Mart 2026 Yil

395

Inson manfaatlari – bosh mezon

Kuni kecha poytaxt aholisining muammolarini o‘rganish hamda ularni tashvishlantirib kelayotgan masalalarga qonuniy yechim topish maqsadida Toshkent shahar IIBB boshlig‘i, polkovnik Ravshan Sultanxodjayevning Shayxontohur tumanida joylashgan “Jar” sport-sog‘lomlashtirish majmuasida sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Sayyor qabulga to‘qsonga yaqin yuridik hamda jismoniy shaxslar o‘z muammolari hamda og‘riqli savollariga javob topish maqsadida tashrif buyurishdi. Murojaatchilarning muammolarini tinglash, ko‘tarilgan masalalarni chuqur sabablarini o‘rganish davomida ularning 25 tasi joyida ijobiy hal etildi. 6 tasiga malakali huquqiy tavsiya va maslahatlar berildi. O‘rganib qonuniy xulosa chiqarish uchun qo‘shimcha tekshiruv talab etiladigan 28 ta murojaatlarning ijrosi bo‘yicha sohaviy xizmat rahbarlariga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, nazoratga olindi. Murojaatlar mazmun-mohiyatiga ko‘ra: surishtiruv va tergov harakatlari, mol-mulk va pul mablag‘larini undirish, tergovga qadar tekshiruvlarga oid, plastik karta pullarini noqonuniy o‘zlashtirish, shaxs hayoti va salomatligiga qarshi noqonuniy xatti-harakatlar, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga oid, oila-turmush doirasida kelishmovchiliklar kabilarni tashkil etdi. Shuningdek, qabul chog‘ida murojaatlari ijobiy hal etilgan fuqarolar o‘z minnatdorliklarini bildirdilar. O‘z muammolariga yechim istab kelgan murojaatchilarning rahbariyat tomonidan e’tibor bilan tinglanib, ularda keltirilgan masalalarga yechim topish bo‘yicha tegishli qaror va ko‘rsatmalarning berilishi, aholining adolatga, qonuniy haq-huquqlarini himoya qilishga bo‘lgan ishonchini yanada orttirishga xizmat qilmoqda.

30 Mart 2026 Yil

185

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Bugungi kunda O‘zbekistonda kitobxonlikni rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning to‘rtinchisi, aynan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilishga qaratilgan. Poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasining shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirning navbatdagisi kitobning ahamiyati, insonning shaxs sifatida shakllanishida kitobning tutgan o‘rniga bag‘ishlanib, “Kitobdek beminnat do‘st bo‘lmas” sarlavhasi ostida bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilganlar oldida Toshkent Davlat yuridik universiteti vakili Parvina G‘ulommamatova so‘zga chiqib, yurtimizda kitobxonlikni rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob mutolaasiga qiziqishni kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlarni taqdim etarkan, afsuski, adabiyotlar, o‘quvchilarga taqdim etilayotgan asarlar ichida inson ruhiyatiga salbiy ta’sirga ega, ijtimoiy axloq-odob qoidalariga zid bo‘lgan g‘oyalarni targ‘ib qiluvchi kitoblar ham mavjudligini ta’kidlab, ulardan ogoh va ehtiyot bo‘lishga chaqirdi. Ma’ruza yig‘ilganlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ma’ruzaning mantiqiy davomi sifatida “Tursun – dunyoni tebratgan yetti buyuk” nomli kitobi asosida tayyorlangan videorolik namoyish etildi. Tadbir “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyishi bilan yakunlandi.

30 Mart 2026 Yil

76

Interaktiv xizmatlar

Text to speech